0
426

Joriy yilnig 25-27 mart kunlari poytaxtimizdagi ”O‘zekspomarkaz”da “Yubiley” shiori ostida oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bag‘ishlangan ikkita Xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bugun (23 mart 2015y.)bo‘lib o‘tgan matbuot-relizida O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi, O‘zbekiston fermerlar uyushmasi hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi. Matbuot-relizida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ko‘rgazmalar haqida juda ko‘plab savollar berildi. Berilgan savollarga Yevropa, Osiyo va MDH jami 26 mamlakatdan 183 nafar kompanyalar qatnashishi rejalashtirilgan ko‘rgazmaning tashkilotchisi ITE Uzbekistan tomonidan to‘liq javob berdi.
Matbuot-relizida “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasinig ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va modernizatsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Vostrikova Adolat Kamiljanovna ishtirok etdi.

manba vinsanoat.uz

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here